Gezeravjining ilk muloqotini Erdoʻgʻan bilan oʻtkazishi kutilmoqda

Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazgan 14 kunlik vaqt davomida Turkiya bilan tez - tez aloqa oʻrnatadi.

2091657
Gezeravjining ilk muloqotini Erdoʻgʻan bilan oʻtkazishi kutilmoqda

Turkiya Alper Gezeravjining koinotga boʻlgan sayohatini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatmoqda.

Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazgan 14 kunlik vaqt davomida Turkiya bilan tez - tez aloqa oʻrnatadi.

Gezeravjining ilk muloqotini mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan oʻtkazishi kutilmoqda.

Birinchi turk kosmonavtining shuningdek oilasi hamda Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir bilan ham muloqot qilishi rejalashtirilgan.

Gezeravji Turkiyaning Bursa viloyatidagi «Goʻkmen» nomidagi Kosmik aviatsiya ta’lim markazi va poytaxt Anqaradagi Turkiya Ilmiy va texnik tadqiqotlar bo‘yicha kengashi (TÜBİTAK) Kosmik markazi bilan muloqot qiladi.

Turk kosmonavti Xalqaro kosmik stansiyadagi faoliyati davomida turk talabalar bilan ham uchrashadi.

Gezeravji Turkiyaning Samsun, Ko‘jaeli, Hatay, Diyarbakir, Qoniya va Balikesir viloyatlarida ta’lim olgan universitet talabalari, litsey va oʻrta maktab oʻquvchilari bilan oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadi.

Alper Gezeravji kosmosdan turib Boku (Ozarbayjon poytaxti), Qoniya, Anqara, Istanbul va Chanoqqal’a shuningdek, Mersinning Silifke tumani bilan Ararat tog‘ini suratga oladi.

 



Aloqador xabarlar