Erdoʻgʻan Alper Gezeravji butun xalqning ilhom manbai ekanini qayd etdi

Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazgan 14 kunlik vaqt davomida Turkiya bilan kamida 7 marotaba aloqa oʻrnatadi.

2091923
Erdoʻgʻan Alper Gezeravji butun xalqning ilhom manbai ekanini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Alper Gezeravji butun xalqning ilhom manbai ekanini qayd etdi.

Turkiya Alper Gezeravjining koinotga boʻlgan sayohatini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatmoqda.

Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazgan 14 kunlik vaqt davomida Turkiya bilan kamida 7 marotaba aloqa oʻrnatadi.

Shu doirada eng avvalo Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan muloqot qildi.

Unda Gezeravji Prezident Erdoʻgʻanga:

“Ma’lum reja asosida tadqiqot ishlarimizni boshladim. Bu yerdagi vazifam davomida tadqiqot ishlarimni tamomlab, natijalarini yurtimizga olib kelish uchun qalamga olaman. Xalqaro kosmik stansiyadagi muhitga tez moslashdim. Faoliyatimni rejalashtirilgandek davom ettiraman”. - dedi.

Erdoʻgʻan esa Gezeravjiga shunday dedi:

“Milliy kosmik dasturimiz doirasida amalga oshirgan ushbu muhim vazifa orqali butun xalqimiz, ayniqsa bolalarimiz va yoshlarimiz uchun ilhom manbai boʻlding”.

Turkiyaning inson tomonidan amalga oshirilayotgan birinchi kosmik missiyasi haqida Prezident Erdoʻgʻan:

“Senin sayohating orqali kosmik tadqiqotlarda ham yangi davr eshigini ochdik”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiyaning ushbu kosmik missiyasi, ilm-fan missiyasi jihatidan ham muhim ekanini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Bu yoʻl bilan ilm – fanga katta hissa qoʻshuvchi tadqiqotlarni turk olimlari amalga oshirgan boʻladi. U yerda turli sohalarda olib boradigan tadqiqotlaring muvaffaqiyatli ravishda yakunlanadi degan umiddaman”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar