Oxirgi bir haftada 114 nafar terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2090571
Oxirgi bir haftada 114 nafar terrorist yo‘q qilindi

Mamlakatda va qo‘shni davlatlarda ijro etilgan amaliyotlar yordamida oxirgi bir haftada 114 nafar terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 - yanvar kuni Iroq shimolidagi baza hududlaridan biriga sizib kirish orqali hujum uyushtirgan terroristlarga imkon berilmadi.

Hujum ortidan Iroq va Suriya shimolidagi terror nishonlariga qarshi havo amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgani bildirilib:

“Ichida terror yetakchilari ham borligi taxmin qilingan g‘or, boshpana, tunnel, o‘q – dori omborxonasi, tabiiy gaz ishlab chiqarish va neft obyektlari bilan daromad olish uchun foydlanilgan ta’sislardan iborat 114 nuqta muvaffaqiyatli ravishda yo‘q qilindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

«Panja - kalit» amaliyoti orqali bugungacha 768 nafar terrorist yo‘q qilinganiga e’tibor qaratilgan bayonotda:

“Turli o‘lchovlarda 1887 dona qurol va 794 ming 661 dona o‘q - dori qo‘lga kiritildi. Roppa – rosa 2 ming 588 ta mina/qo‘lda yasalgan portlovchi modda aniqlanib, portlatildi va 850 ta g‘or yoki boshpana foydalanishdan chiqarildi. Bu orqali Iroq va Suriyaning shimoli doxil 2 ming 396 nafar terrorist yo‘q qilindi.  Ulardan 114 nafari oxirgi bir hafta ichida”. – deyildi.

 



Aloqador xabarlar