Turkiyada ta’lim grantlari dasturi uchun hujjat qabuli boshlandi

Grant g‘oliblari turar-joy, oylik stipendiya, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta bilan ta’minlanadi. Turk tilini o‘rganish istagida bo‘lgan nomzodlar esa bir yillik kursda o‘qiydi.

2090029
Turkiyada ta’lim grantlari dasturi uchun hujjat qabuli boshlandi

 

10 yanvardan e’tiboran Turkiya hukumatining ta’lim grantlari dasturi (Türkiye Bursları) bo‘yicha hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi.

Grant g‘oliblari turar-joy, oylik stipendiya, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta bilan ta’minlanadi. Turk tilini o‘rganish istagida bo‘lgan nomzodlar esa bir yillik kursda o‘qiydi.

O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar ham nufuzli universitetlarning bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida bepul tahsil uchun hujjat topshirishi mumkin.

Tashkilotchilarga ko‘ra, arizalar rasmiy sayt orqali 20 fevralga qadar qabul qilinadi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha talabgorning ilmiy natijalari va akademik salohiyati ko‘rib chiqiladi.

Grant dasturlarida tahsil bo‘yicha yosh cheklovi mavjud. Bakalavriat uchun – 21, magistratura uchun – 30 va doktorantura uchun esa 35 yoshdan oshmagan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Turkiya hukumati o‘tgan asrning 60-yillarida boshlab ikki tomonlama bitimlarga ko‘ra, muayyan davlatlar talabalariga grantlar ajrata boshlagan. 1992 yildan esa keng miqyosda grantlar taqdim etilmoqda. Hukumat grantlar dasturi 2012 yildan buyon "Türkiye Bursları" deb ataladi. Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB) mazkur stipendiyalar dasturini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

2023 yilda 162 davlatdan 117 ming nomzod "Türkiye Bursları" uchun hujjat topshirgan. Hozirga qadar mazkur grant doirasida dunyo bo‘ylab 150 mingdan ziyod talaba Turkiyada tahsil olgan.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye Bursları , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar