Erdo‘g‘an Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga e'tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

2089542
Erdo‘g‘an Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga e'tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Xavfsizlik kuchlariga yonida, atrofida, orqasida kim bo‘lishidan qat’iy nazar aniqlangan har bir terror unsurini yo‘q qilish ustidan buyruq berdik”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Turkiyaning qarorlilik bilan olib borgan terrorni yo‘q qilish borasidagi strategiyasi, eng ko‘p mintaqada terror tashkiloti tashkil etishni rejalashtirganlarni bezovta qilganini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“PKK terror tashkilotini himoya qilib, ularga qurol - yarog‘, o‘q – dori va mashq o‘tkazish jihatidan yordam berish ishlari jadal tus oldi”. – deya gapirdi.

Chegaradan tashqarida olib borilgan amaliyotlar orqali Turkiyani tartibsiz migratsiya ustidan qorong‘ulikka yetaklash o‘yinlari ham yer bilan yakson qilinganini qayd etgan Prezident:

“Xavfsizlik kuchlariga yonida, atrofida, orqasida kim bo‘lishidan qat’iy nazar aniqlangan har bir terror unsurini yo‘q qilish ustidan buyruq berdik”. – dedi.

“Imperialistlar Iroq va Suriyada terroriston qurish rejalari haqida gaplashar ekan, hech birimiz o‘zimizni xavfsizlik ichida his qila olmaymiz”. – deya gapirgan Prezident Erdo‘g‘an terrorizmga qarshi kurashni nazarda tutgan holda:

“Kelasi oyda kimning nima deyishi yoki tahdidlariga qaramay mutlaqo yangi qadamlar tashlaymiz. Terror harakatlarining manbai hisoblangan Shimoliy Iroq tog‘larining har bir qarishini xavfsiz muhitga aylantirgunga qadar bu mintaqadagi harakatlarimiz davom etadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar