Alper Gezeravjining kosmik sayohati turk yoshlari uchun ilhom manbai bo'ladi

Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravjining sayohati va tadqiqotlari turk yoshlari uchun ilhom manbai bo'lishini bildirdi.

2089142

Vazir Kajir, Turkiyaning birinchi kosmik missiyasi bilan bog'liq yozma bayonotida,  xursand, hayajon va faxrlanishlarini bildirdi.

Kajir 17-yanvardan 18-yanvarga o'tar kechasi Florida Kennedi kosmik markazidan uchiriladi.

Xalqaro kosmik stansiyaga sayohat qiladigan ilk turk kosmonavti Gezeravji u yerda 13 ta ilmiy tajriba o'tkazishi haqidagi ma'lumotni baham ko'rar ekan shunday dedi:

“Shunday qilib, turk olimlarining koinot fani sohasida olib borgan tadqiqotlarida yangi bosqichga qadam qoʻyamiz.  Alper Gezeravji turk yoshlari va turk bolalari uchun ham ilhom manbai bo'ladi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirgan Milliy kosmik dasturdagi maqsadlarimizni birma-bir amalga oshirish uchun,  Jonajon xalqimizning dunyoqarashini osmondan ham kengaytiradigan ishlarni davom ettiramiz.

Aloqador xabarlar