Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo'llab-quvvatlaydi

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Nikoziyaga tashrifi chog'ida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar va Bosh vazir Unal Ustel bilan uchrashdi.

2087503
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo'llab-quvvatlaydi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasini dunyodan ajratishga harakat qilganlar muvaffaqiyatli bo'la olmaydi.

Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Shimoliy Kipr Turk Respublikasi poytaxti Nikoziyaga tashrifi chog'ida ma'lum qildi.

"Shimoliy Kipr Turk Respublikasi mustaqil, suveren davlat sifatida yo'lida davom etadi. Turkiya ham Kipr turklarining farovonligi va taraqqiyotini kundan-kunga oshirish uchun olib borayotgan kurashlarida ular bilan birga",-deydi u.

Jevdet Yilmaz tashrif doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar va Bosh vazir Unal Ustel bilan uchrashdi.

U shuningdek, bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarini, ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy masalalarni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lganini aytdi.

"Ba'zi odamlar Shimoliy Kipr Turk Respublikasini dunyodan ajratib qo'yishga harakat qilayotgan bo'lishi mumkin, ammo muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agar ular bir eshikni yopsa, biz boshqa eshiklarni ochamiz. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Turk dunyosi bilan integratsiyani davom ettiradi va har bir sohada dunyoga hissa qo'shadi",-deydi Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz.



Aloqador xabarlar