Turkiya Falastinga 2334 tonna gumanitar yordam yubordi

Turkiya hukumati Falastinga 109ta yuk mashinasida gumanitar yordam yubordi. Gumanitar yordamlar ortilgan kema Mersin xalqaro portidan yo'lga chiqdi.

2084231

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Mersin gubernatorligi nazoratida hamda 29 nodavlat tashkilot ko‘magida tayyorlangan gumanitar yordamlar  2 ming 334 tonnani tashkil qilgan bo’lib, unda oziq-ovqat, gigiyena ashyolari va boshpana mahsulotlari o’rin olgan.

Turkiya 13-oktyabrdan beri Falastinga jami 12 ta samolyot va 3 ta kemada gumanitar yordam yubordi.

Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar