Erdog’an, Sabiha Go’kchen aeroportining uchish-qo’nish yo’lagi ochilish marosimida nutq so’zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Sabiha Go'kchen xalqaro aeroportining yangi uchish-qo'nish yo'lagining foydalanishga topshirilishi bilan yiliga 85 milliondan ortiq yo'lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishini aytdi.

2080564

Prezident Erdog’an, Istanbuldagi Sabiha Go’kchen aeroportining 2-uchish-qo’nish yo’lagi ochilish marosimida nutq so’zladi.

Erdo'g'an, Sabiha Go'kchen aeroportining Istanbul aeroporti va Antaliya aeroportidan keyin Turkiyaning eng ko'p yo'lovchi tashuvchi 3-aeroporti ekanligini bildirdi.

"Aeroportimiz 2021 yilda ichki va xalqaro yo'nalishlarda taxminan 181 ming reys bilan 25 million yo'lovchini qabul qildi. 2022 yilda bu raqam 31 million yo'lovchiga yetdi". Erdo‘g‘an shunday dedi:

"Sabiha Gokchen xalqaro aeroporti yangi uchish-qo'nish yo'lagining foydalanishga topshirilishi bilan yiliga 85 milliondan ortiq yo'lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi." u aytdi.

Aloqador xabarlar