Turkiya Xitoyga hamdardlik bildirdi

Kecha Xitoyda 6,2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

2078537
Turkiya Xitoyga hamdardlik bildirdi

Turkiya, Gansu va Tsinxay provinsiyalarida sodir bo‘lgan yer silkinishi munosabati bilan Xitoyga hamdardlik bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“2023 - yilning 18 - dekabri kuni Xitoy Xalq Respublikasining Gansu va Tsinxay provinsiyalarida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida insonlarning halok bo‘lishidan chuqur qayg‘udamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda hayotdan ko‘z yumganlarning oila a’zolari, Xitoy xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirgan Turkiya, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Xitoyning Xinhua xabariga ko‘ra epitsentri Jishishan Bao’an Donshiang va Salar avtonom tumani bo‘lgan 6.2 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi.

Voqeada ilk aniqlashlarga ko‘ra Gansu provinsiyasida 105 nafar, qo‘shni Tsinxay provinsiyasida esa 13 kishi halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Xitoy , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar