Prezident Erdo‘g‘an: Turkiya G‘azo uchun qizg‘in diplomatik faoliyat olib bormoqda

Prezident, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan Budapeshtda uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

2078239
Prezident Erdo‘g‘an: Turkiya G‘azo uchun qizg‘in diplomatik faoliyat olib bormoqda

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, Turkiyaning G‘azodagi Isroil vahshiyligiga monelik qilish uchun qizg‘in diplomatik faoliyat olib borganliklarini qayd etdi.

Prezident, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan Budapeshtda uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

G‘azodagi oxirgi vaziyatni baholagan Erdo‘g‘an:

“G‘azoda esa vaqtni qo‘ldan boy bermay Isroil vahshiyligiga monelik qila olish uchun bor kuchimiz bilan kurashyapmiz. Zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatish va urushni tugatish uchun ilk kundan beri Turkiya sifatida qizg‘in diplomatik faoliyat olib bormoqdamiz”. – dedi.

Xalqaro hamjamiyatni ham xuddi shunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqirgan Erdo‘g‘an mustaqil va hududiy yaxlitligi tiklangan Falastin davlatining muqarrar ekanini ta’kidladi.

Rossiya - Ukraina urushiga ham e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, zo‘ravonlik muammoni hal qilmasligini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an:

“Boshidan beri Ukrainadagi muammoni diplomatik yo‘llar orqali hal qilish ishlariga katta e’tibor berilishi kerakligini qayd etmoqdamiz. Turkiya sifatida tomonlar talab qilgudek bo‘lsa yarim qolgan Istanbul jarayonini takror jonlantirishga tayyormiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kelishuvlar bilan Turkiya - Vengriya o‘rtasidagi aloqani yanada mustahkamlashni maqsad qilganliklarini bildirgan Erdo‘g‘an, Vengriya bilan mushtarak savdo qo‘mitasi tuzganliklarini ma’lum qildi.

Prezident,

“Joriy yilning 11 oyi holatiga ko‘ra savdo hajmimiz o‘tgan yilni ortda qoldirib, 4 milliard dollarga yaqinlashdi. Bundan buyon 6 milliard dollarlik umumiy maqsadimizga erishish borasida qarorimiz qat’iydir”. – dedi.

Vengriya Bosh vaziri Orban esa Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejimni yo‘lga qo‘yish masalasida Turkiyani qo‘llab - quvvatlaganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘anning kelasi asr uchun «Türkiye Yüzyılı» (Turkiya asri) buyuk loyihani o‘rtaga qo‘yganiga e’tibor qaratgan Orban:

“Keyingi yuz yil sizning asr bo‘ladi. Bunga ishonchimiz komil. Bu kelishuvlarni shuning uchun tuzdik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mushtarak matbuot anjumani oldidan Turkiya bilan Vengriya o‘rtasida 16 ta shartnoma imzolandi.

 



Aloqador xabarlar