Erdo‘g‘an AQShning G‘azoga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Vengriyaga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi.

2078450
Erdo‘g‘an AQShning G‘azoga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) dunyoning turli burchaklarida «G‘azoda o‘q uzish to‘xtatilsin!» - degan chaqiruvni eshitmaslikka olishni bas qilishi kerakligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Vengriyaga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi.

Uchrashuvlarning hammasida 7 – oktabrdan beri G‘azoda davom etayotgan fojiaga e’tibor qaratganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, Vengriyaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida ham otashkesim va insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish masalasini muzokara qilganliklarini qayd etdi.

Isroil qatliomlari davom etar ekan, butun dunyo G‘azoda o‘q uzish to‘xtatilishini talab qilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) dunyoning turli burchaklarida «G‘azoda o‘q uzish to‘xtatilsin!» - degan chaqiruvni eshitmaslikka olishni bas qilishi kerak. Isroil nafaqat falastinliklarga, G‘azoga qarshi hujum uyushtirmoqda, u butun insonlarga zarba bermoqda. Tarix buni jimjirt tomosha qilganlarni javobga tortadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

O‘tirgan o‘rnini bo‘shatib ketish ham Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qutqara olmasligini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Begunoh insonlarni himoya qilish uchun huquq zaminini kuzatamiz. Nafaqat Netanyaxu balki bu qatliomda qo‘li bor hamma huquq oldida qo‘l urgan urush jinoyatlariga javob beradi”. – dedi.

Isroilda ham Netanyaxu yetakchiligiga qarshi kuchli kurash olib borila boshlaganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, garovga olinganlarning o‘ldirilishi e’tirozlar kuchini orttirganini bildirdi.

Rossiya - Ukraina inqirozida esa don yo‘lagini qayta ishga tushirilishi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Tez orada Rossiya Davlat rahbari janob Vladimir Putin bilan uchrashib, bir amallab don yo‘lagini qayta faollashtirish masalasini qo‘lga olamiz. Xudo xohlasa undan ham ijobiy tusda javob olib, yo‘limizni davom etamiz” – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar