G‘azodan Turkiyaga yana 68 nafar bemor olib kelindi

G‘azodan Turkiyaga yana 68 nafar, jami 182 nafar bemor olib kelindi.

2076044
G‘azodan Turkiyaga yana 68 nafar bemor olib kelindi

Sog‘liqni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, G‘azodan Turkiyaga yana 68 nafar bemor olib kelinganini ma’lum qildi.

Ulardan 37 nafari yosh bola ekanini ifoda etgan Faxrettin Ko‘ja, olib kelingan bemorlardan 4 nafarining esa saraton kasalligiga qarshi kurashayotganini qayd etdi.

Sog‘liqni Saqlash vaziri Ko‘ja Misrning al - Arish aeroportidan Milliy Mudofaa vazirligiga oid samolyot orqali Turkiyaga olib kelingan g‘azolik 68 bemor bilan ular yonida kelgan 61 nafar hamrohini Etimesgut aeroportida kutib oldi.

Olib kelingan bemorlar orasida Isroil havo hujumlarida yaralangan va tezlik bilan davolanmagudek bo‘lsa oyoqlari kesilish xavfi ostida qolgan, ijtimoiy tarmoqdagi suratlari bilan tanilgan Rital ismli qizaloqning ham borligini bildirdi.

Bemorlarning Etlik va Bilkent shahar kasalxonalariga yotqizilishini ifoda etgan Ko‘ja, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Hozirgacha 114 nafar bemor olib kelindi. Ular soni yangi olib kelingan 68 nafar bemor bilan 182 nafarga yetdi. Bemorlarga hamrohlik qilishlari uchun olib kelingan yaqinlari soni esa 359 nafar deb qayd etildi. Olib kelingan bemorlardan bugungacha 2 nafari shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, 6 nafar bemorimiz esa hozircha reanimatsiyada”.



Aloqador xabarlar