Erdo‘g‘an: Oktabr oyidagi ishchi kuchi statistikasi to‘g‘ri yo‘lda ekanimizdan dalolat beradi

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Davlat gidrotexnika ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tamomlangan 369 ta qurilishning ommaviy ochilish marosimida nutq so‘zladi.

2075459
Erdo‘g‘an: Oktabr oyidagi ishchi kuchi statistikasi to‘g‘ri yo‘lda ekanimizdan dalolat beradi

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, ko‘rilgan chora – tadbirlarning ijobiy natija bergani bozorlarda sezilganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Davlat gidrotexnika ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tamomlangan 369 ta qurilishning ommaviy ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an bugungi kungacha har doim ish, xizmat va asarlar ishlab chiqarganliklarini bildirdi.

“Oktabr oyidagi ishchi kuchi statistikasi, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizdan dalolat beradi”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an mavzu haqida:

“Ishsizlik nisbati oktabr oyida sentabr oyiga qaraganda yarim balga kamayib, 8.30 foizga tushdi. Ish bilan band qilinganlar soni esa xuddi shu davrda 246 ming nafarga ortib, 31 million 835 ming nafarga yetdi. Bu raqamlar ishsizlik nisbatida 2012 – yilning noyabr oyidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir”. – deya gapirdi.

Turkiyaning o‘sish va eksport borasida allaqachon yaxshi nuqtada ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Ko‘rilgan chora – tadbirlarning ijobiy natija bergani bozorlarda sezilmoqda. Kelasi oylardan e’tiboran bundan ham yaxshiroq natija olamiz”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar