«TRT World Forum 2023» Istanbulda o‘z ishini boshlamoqda

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan uyushtirilgan «TRT World Forum 2023», bugun va ertaga Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

2075130
«TRT World Forum 2023» Istanbulda o‘z ishini boshlamoqda

Dunyoning eng nufuzli forumlaridan biri «TRT World Forum 2023» o‘z ishini boshlamoqda.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan uyushtirilgan «TRT World Forum 2023», bugun va ertaga «Birgalikda rivojlanish: Mas’uliyatlar, harakatlar va yechimlar» shiori ostida Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

TRT tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra bugungi kunga qadar dunyoning ko‘plab davlatidan 8 ming 500 nafardan ortiq mehmon va 651 nafar ma’ruzachi ishtirokidagi «TRT World Forum», bu yil dunyoning turli davlatlaridan akademiklar, siyosatchilar, nodavlat notijorat tashkilot a’zolari, byurokrat va jurnalistlardan iborat 153 nafar ma’ruzachi bilan dunyo kun tartibiga oydinlik kiritadi.

«Birgalikda rivojlanish: Mas’uliyatlar, harakatlar va yechimlar» shiori ostida bu yil shu bilan yettinchisi uyushtirilgan «TRT World Forum 2023», global muammolarni kun tartibiga olib chiqish va ularni hal qilish uchun yechim takliflarini taqdim etishni ko‘zlamoqda.

Forumning ochilishida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an nutq so‘zlaydi.

Erdo‘g‘anning unda, dunyo kun tartibiga doir muhim ma’lumotlar bo‘lishishi kutilmoqda.

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz va ba’zi vazirlar ham muhim mavzularga e’tibor qaratishi mumkin.

Ochilish marosimidagi nutqlar ortidan alohida uyushtirilgan majlislar ham uyushtiriladi. Unda esa dunyoning to‘rt burchagidan kelgan mahalliy va chet ellik yuzlab akademik, byurokrat, jurnalist, siyosatchi va nodavlat notijorat tashkilot vakili ishtirok etadi.

Xalqaro xavfsizlik, energiya, iqlim, iqtisodiyot, texnologiya, sun’iy intellekt, ommaviy axborot vositalari bilan siyosat forum doirasida muhokama qilinuvchi eng muhim mavzular qatoridan o‘rin oladi.

Unda shu jumladan «Turkiya asri ko‘z qarashi: Tizim quruvchi aktyor sifatida Turkiya», «Isroilning G‘azo urushi: Gumanitar inqiroz va tinchlik istiqbollari», «Raqamli asrda ommaviy eshittirish: Qiyinchiliklar va imkoniyatlar» masalalari mutahassislar tomonidan qo‘lga olinadi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #TRT , #TRT World Forum 2023

Aloqador xabarlar