Prezident Erdoʻgʻan Qatarda

Prezident Erdoʻgʻan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniyning taklifiga binoan kechadan beri poytaxt Dohada.

2072579
Prezident Erdoʻgʻan Qatarda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniyning taklifiga binoan Turkiya - Qatar Oliy Strategik qoʻmitasining 9 - yigʻilishida ishtirok etish uchun kechadan beri poytaxt Dohada.

Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng Prezident Erdoʻgʻan bilan Qatar Amiri al – Soniy, oʻzaro uchrashuv oʻtkazdi. Unda Isroilning Gʻazoda qoʻl urgan qatliomidagi oxirgi vaziyat, otashkesim va butunlay tinchlik oʻrnatish sa’y – harakatlari bilan Gʻazodagi insonparvarlik yordamlar muhokama qilindi.

Prezident Erdoʻgʻan mazkur uchrashuv chogʻida Isroil sodir etgan urush jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerakligi, buning uchun huquqiy sa’y – harakatlar bilan bir qatorda xalqaro yordamlarning ortishi muhimligini ham ifoda etdi.

Ikki lider oʻzaro uchrashuv ortidan Turkiya - Qatar Oliy Strategik qoʻmitasining 9 - yigʻilishida ishtirok etdi. Unda, ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya bilan 12 ta shartnomaga qo‘l qo‘yildi.

Erdo‘g‘an keyinroq, al – Soniy tomonidan shaxsi hurmatiga berilgan rasmiy kechki ovqat dasturida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an bugun bu yilgi raisligini Qatar Amiri al – Soniy yuritgan Ko‘rfaz hamkorlik kengashining 44 - sammitida ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar