Erdoʻgʻan Isroilning Gʻazodagi hujumlarini koʻrmaslikka olgan davlatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Erdoʻgʻan, Istanbul Kongress markazida Islom Hamkorlik Tashkiloti Iqtisodiy va tijoriy hamkorlik doimiy qoʻmitasi 39 - vazirlar yigʻilishining ochilish dasturida ishtirok etdi.

2072284
Erdoʻgʻan Isroilning Gʻazodagi hujumlarini koʻrmaslikka olgan davlatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Gʻazodagi begunoh insonlar oʻlimini jimjirt oʻtirib koʻrmaslika olganlar, hatto Xamas bahonasi bilan uni qonuniylashtirishga uringanlarning bundan buyon insoniyatga aytadigan bir ogʻiz ham soʻzi qolmaganini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Istanbul Kongress markazida Islom Hamkorlik Tashkiloti Iqtisodiy va tijoriy hamkorlik doimiy qoʻmitasi 39 - vazirlar yigʻilishining ochilish dasturida ishtirok etdi.

Erdoʻgʻan unda soʻzlagan nutqida, Isroilning Gʻazodagi hujumlarida shahid boʻlgan har uch kishidan ikki nafarining bolalar, goʻdaklar va ayollardan iborat ekanini ta’kidlab:

“Shuncha begunoh insonlar o‘limini jimjirt oʻtirib koʻrmaslika olganlar, hatto Xamas bahonasi bilan uni qonuniylashtirishga uringanlarning bundan buyon insoniyatga aytadigan bir ogʻiz ham soʻzi qolmadi”. – dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ovozga qoʻyish ishlarida bir tomonda “urush toʻxtasin, bundan buyon qon toʻkilmasin”; ikkinchi tomonda esa Isroil hujumlarini ochiq – oydin qoʻllab – quvvatlagan 3 – 5 davlat borligini ifoda etgan Edoʻgʻan:

“Bu 3 – 5 davlat qachon maqullaganidagina chora koʻrgan global mexanizm bor. Bunday tuzilmaning tinchlik oʻrnatishi ham, urushni tugatishi ham, insoniyatga umid baxsh etishi ham imkonsiz”. – deya gapirdi.

Erdoʻgʻan asos solinishidan maqsad Falastin masalasini himoya qilish boʻlgan Islom Hamkorlik Tashkilotining, mazkur kurashning bir ovoz va bir tandan olib borlishida muhim zamin yaratganini ifoda etdi.

“Isroil tomonidan borligi tan olingan yadroviy qurol masalasining unutilishiga yoʻl qoʻymaymiz. Isroilning atom bombasi bormi bor ammo soʻrasangiz «yoʻq» deydilar”. – degan ifodalarga oʻrin bergan Prezident:

“(Isroil Bosh vaziri Benyamin) Netanyaxu nafaqat harbiy jinoyatchi, balki u Gʻazo qassobi sifatida (Serbiya va Yugoslaviya sobiq prezidenti Slobodan) Milosevichdek sudlanadi”. - dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, turli orzu – havaslar payiga tushgan isroillik yetakchilarga “Gʻazo bir Falastin tuprogʻidir, Gʻazo falastinliklarga oid, bir umr shunday qoladi”, - degan haqiqatni yana bir bor eslatmoqchi ekanini ta’kidladi.

Mintaqada faqatgina Falastin davlatining qurilishi bilan tinchlik oʻrnashiga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan:

“Biz tinchlikni ta’minlash uchun har qanday javobgarchilikni olishni va hatto kafil davlat boʻlishga ham tayyormiz”. – dedi.

 

 



Aloqador xabarlar