Hakan Fidan NATO yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bryusselga boradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, NATO yig‘ilishida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga boradi.

2069691
Hakan Fidan NATO yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bryusselga boradi

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, 28-29 noyabr kunlari uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga boradi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, yig‘ilish doirasida, Ukrainadagi urush va G‘azodagi fojia davom etayotgan bir paytda Yevropa -Atlantika mintaqasidagi xavfsizlikning baholanishi hamda Bolqonlardagi oxirgi vaziyatlarning qo‘lga olinishi shuningdek, tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi NATO - Ukraina kengashining birinchi majlisi tashkil etilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

Bayonot yakunida, Fidanning yig‘ilish munosabati bilan ba’zi hamkasblari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan , #NATO

Aloqador xabarlar