Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Jazoirda

Prezident Erdo‘g‘an Jazoir Huari Bumedien aeroportida Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun tomonidan kutib olindi.

2067064
Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Jazoirda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbunning taklifiga binoan Turkiya va Jazoir o‘rtasidagi Oliy darajali hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Jazoirda.

Prezident Erdo‘g‘an Jazoir Huari Bumedien aeroportida Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun tomonidan kutib olindi.

Keyinroq, Prezident Erdo‘g‘an uchun aeroportda rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Tabbun Shahidlar yodgorligini ham ziyorat qildi.

Ziyorat ortidan Jazoir Prezidentlik saroyiga borgan Erdo‘g‘an, u yerda rasmiy kutib olish marosimidan keyin Tabbun bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Marosim ortidan Erdo‘g‘an bilan Tabbun bir - birini o‘z hay’ati bilan tanishtirdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, kengash yig‘ilishi ikki prezident raisligida va tegishli vazirlar ishtirokida poytaxt Jazoirda bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish doirasida bo‘lib o‘tuvchi uchrashuvlar chog‘ida, oxirgi paytlarda jadal tusda mustahkam tus olgan Turkiya - Jazoir munosabatlarining har jihatlari ko‘rib chiqilishi, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilinadi.

Unda ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqaviy va global muammolar, ayniqsa, Isroil tomonidan G‘azo va ishg‘ol ostidagi Falastin tuproqlarida qo‘l urilgan hujumlar haqida fikr almashiladi.

Kengash yig‘ilishi tufayli Turkiya - Jazoir munosabatlarining kelishuv zaminiga yirik hissalar qo‘shuvchi turli shartnomalar va hamkorlik matnlari imzolanishi ham ko‘zda tutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar