G'azodan saraton kasallari va ularning hamrohlari ikki samolyot bilan Turkiyaga olib kelindi

G'azodan saraton kasallari va ularning hamrohlarini olib ketayotgan ikki samolyot Turkiyaga yetib keldi.

2065000
G'azodan saraton kasallari va ularning hamrohlari ikki samolyot bilan Turkiyaga olib kelindi

 

G'azodan saraton kasallari va ularning hamrohlarini olib ketayotgan ikki samolyot Turkiyaga yetib keldi.

Misrning El Arish aeroportidan jo'nab ketgan samolyotlar poytaxt Anqaradagi Esenbo'g'a aeroportiga qo'ndi.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja ham G'azoga tibbiy yordam ko'rsatdi.

  Kecha Misrda bemorlar va yaradorlarni Turkiyaga o'tkazish uchun tirbandlik kuzatilganidan so'ng, U bir qancha bemorlar bilan Misrdan Anqaraga qaytdi.

Isroil hujumi ostida bo'lgan G'azodan olib chiqarilgan bemorlar tez yordam mashinalari bilan El Arish aeroportiga olib kelindi va Prezidentlik va Milliy Mudofaa vazirligiga tegishli samolyotlar bilan olib kelingan bemoralar   tibbiyot guruhlari Esenbog'a aeroportida kutib oldi.

Samolyotdan tez yordamga o'tkazilgan bemorlarni davolashi Bilkent shahar kasalxonasida amalga oshirilishi ma'lum bo'ldi.

Bemorlarning salomatlik holati sayohat davomida Turkiyadan kelgan 9 nafar mutaxassis tibbiyot xodimlari tomonidan nazorat qilindi.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, xalqaro sog'liqni saqlash diplomatiyasi va sohadagi ishlari natijasida, G'azodan olingan 27 bemor va 13 nafar hamrohni Turkiyaga olib kelish bilan muhim qadam tashlaganliklarini ta'kidlab, bemorlarni Turkiyaga olib kelish uchun sa’y- harakatlarini  qat'iyat bilan davom ettirishlarini aytdi.

Vazir Ko’ja,

“Hozirgacha birorta bemor Misr orqali boshqa davlatga davolanish uchun yuborilmagan.

“Bu bemorlar bugun birinchi marta Refah chegara darvozasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Turkiyaga olib kelindi dedi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Olib kelindi , #Turkiya , #saraton kasallari , #G'azo

Aloqador xabarlar