Oxirgi bir haftada 33 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Bu yil Suriya va Iroq shimolida 1 ming 835 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.

2063108
Oxirgi bir haftada 33 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Bu yil Suriya va Iroq shimolida 1 ming 835 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan haftalik matbuot anjumanida, terrorizmga qarshi kurash haqida ma’lumot berildi.

Turk Qurolli kuchlarining ayniqsa PKK/KJK/PYD-YPG bilan DEASh va FETO kabi har xil tahdid va xavf - xatarlarga qarshi kurashi qat’iyat bilan davom etayotganini ta’kidlab,

“Iroq va Suriya shimoli doxil oxirgi bir haftada 33 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi. Shu tariqa yil boshidan buyon ta’sirsiz holga keltirilgan terrorchilar soni 1 ming 835 nafarga, 2015-yilning 24-iyulidan bugungi kunga qadar esa 39 ming nafarga yetdi”. – deyildi.

Bayonotda, oy boshida Iroq shimolidagi Hakurk, Gara va Qandil mintaqalaridagi terror nishonlariga zarba berilgani yodga solinib, “Havo harakatlari orqali ichida yetakchi pozitsiyadagi terroristlar ham borligi aniqlangan gʻorlar, boshpanalar va omborlardan iborat jami 27 nishon muvaffaqiyatli ravishda yoʻq qilindi va koʻplab terrorist ta’sirsiz holga keltirildi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.

Iroq shimolidagi Panja – kalit amaliyoti olib borilgan hududda koʻplab qurol – yaroq va oʻq – dori joylashtirilgan boshpana va gʻorning, Panja – yildirim amaliyoti olib borilgan hududda esa 6 ta boshpana va bir gʻorning yoʻq qilingani qayd etildi.

Yil boshidan buyon Suriya shimolidagi qurolli kuchlarga qarshi 433 ta igʻvogar tusda oʻq uzilib, hujum uyushtirilgani ifoda etilar ekan, bularga oʻz vaqtida javob berilishi natijasida 1 ming 340 terrorist (19 nafari oxirgi bir hafta ichida) yoʻq qilingani ma’lum qilindi.

 



Aloqador xabarlar