“TRT World Citizen Humanitarian Film Festivali”da mukofotlar o‘z egalariga topshirildi

Shu bilan beshinchi marta uyushtirilgan “TRT World Citizen Humanitarian Film Festivali”da mukofotlar marosim bilan o‘z egalariga topshirildi.

2060917
“TRT World Citizen Humanitarian Film Festivali”da mukofotlar o‘z egalariga topshirildi
undefined
altun trt humanitarian film fest..jpg
trt world citizen humanitarian film festivali.jpg

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan shu bilan beshinchi marta uyushtirilgan “TRT World Citizen Humanitarian Film Festivali”da mukofotlar marosim bilan o‘z egalariga topshirildi.

Festival g‘oliblariga mukofotlar Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun va Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji hamda TRT yetakchiligi tomonidan taqdim etildi.

Vengriyalik Akos Kovach birinchi, eronlik Alireza Kazemipour ikkinchi, kosovolik Samir Karahoda uchinchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, “Iqlim inqirozi bo‘yicha xabardorlik” va TRT maxsus mukofotlari ham o‘z egalarini topdi.

TRT maxsus mukofoti, dunyoning qonagan yarasi G‘azo uchun berildi. Unga falastinlik rejissyor Ahmad Solih sazovor deb topilar ekan, o‘zi marosimda qatnasha olmadi.

Marosimda so‘zga chiqqan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, festivalning TRTning “O‘zi so‘zi inson” tushunchasi bilan olib borilayotgan faoliyat siyosatining eng muhim ko‘rsatkichi ekanini ta’kidladi.

Altun, “Butun dunyo iqtisodiy inqirozlar, pandemiyalar, ocharchilik, iqlim oʻzgarishi va davom etayotgan toʻqnashuvlar tufayli oʻta ogʻir davrdan oʻtayotgan bir paytda, dard – alam va chorasizlik ichidagi millionlab insonga, san’at kuchi bilan e’tibor qaratgan bu festivalni yuqori baholayman”. – dedi.

Turkiyaning global masalalarga alohida e’tibor berishini va TRTning bu yo‘nalishdagi hissasi alohida o‘rin tutishini ifoda etib, TRT rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan Faxrettin Altun:

“TRT World Citizen Humanitarian Film Festivali ayni vaqtda, Turkiyaning bu boradagi nozik fikrining institutsional ko‘rinishlaridan biri sifatida qabul qilinishi lozim”. – deya gapirdi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlariga ham to‘xtalgan Altun, Isroilning hech qanday qonunni tan olmagan g‘ayriinsoniy harakatlari katta zulum va muntazam qirg‘inga yo‘l ochayotganini ta’kidlab: “Uzoq yillar oldin Falastin muammosi degan bir muammo haqida so‘z qilinar edi. Yo‘q, muammoning nomi Isroil muammosi. Bugungi kunda nafaqat Yaqin Sharq, nafaqat bizning mintaqamiz, nafaqat geografiyamiz, balki butun dunyo bu muammoga duch kelmoqda”. - dedi.

TRT Bosh direktori Sobaji, “Yigʻisi eshitilmagan insonlarning hikoyasini eshittirishga majburmiz”. - dedi va mazkur film festivalini dunyo vijdonining ovozi bo‘lgan Turkiyada oʻtkazishdan va insoniy masalalarga e’tibor qaratgan insonlarni mamlakatda mehmon qilishdan xursand ekanliklarini bildirdi.

Sobaji, TRTning ijtimoiy mas’uliyat loyihalarini olib borgan TRT World Citizen tashabbusi boʻlgan festivalga bu yil Turkiya, Ispaniya, Amerika, Fransiya, Hindiston, Nigeriya, Qirg‘iziston, Pokiston, Vengriya, Falastin kabi turli davlatlardan 370 dan ortiq film murojaat qilgani haqida gapirdi.

TRT Bosh direktori oʻz nutqida Gʻazodagi insoniy fojia va Isroil zulmiga ham toʻxtaldi va mavzu haqida:

“Isroil 7 - oktabrdan beri Gʻazo xalqini qirgʻin qilishga urinmoqda. Goʻdaklar, bolalar, ayollar va bemorlar demay, shifoxonalar, muqaddas joylar, maktablar va qochqinlar lagerlarini yer bilan yakson qilib, insoniyatga qarshi jinoyat sodir etmoqda”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar