Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

Uchrashuvda G'azodagi vaziyat, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.

2060974
Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

 

Bugun, 6 noyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashish uchun Anqaraga tashrif buyurdi.

Ma'lumotga ko'ra, Blinken mamlakatga tunda yetib kelgan. Blinkenni AQSHning Anqaradagi elchisi Jeffri Fleyk, Tashqi ishlar vazirligi vakili Yaprak Balkan, Anqara gubernatori o‘rinbosari Namik Kamol Nazli va boshqa bir qancha rasmiylar kutib olgan.

Entoni Blinken bilan Hakan Fidan uchrashuvi taxminan 2 yarim soat davom etgan.Uchrashuvdan keyin hech qanday bayonot berilmadi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda G'azodagi vaziyat, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.

Blinken uchrashuvdan keyin Davlat departamentini tark etdi.

Ayni paytda, Turkiya yoshlar ittifoqi a’zolari Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida Davlat kotibi Entoni Blinkenning Turkiyaga tashrifiga norozilik bildirdi.

Anqara Falastin birdamlik platformasi ham kecha kechqurun poytaxtga kelgan Entoni Blinkenga AQShning Anqaradagi elchixonasi oldida norozilik bildirdi.

Turkiyaga kelishdan oldin Iroqqa kutilmagan ziyorat qilgan AQSh vaziri poytaxt Bag’dodda Bosh vazir Muhammad Shia Sudani bilan uchrashgandi. Blinken bu tashrif chog‘ida po‘lat yelek kiygan holda ko‘rindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Entoni Blinken , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar