TDTning Falastindagi inqiroz bo'yicha pozitsiyasi xalqaro tashkilotlarga o‘rnak bo'ladi

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi.

2060105
TDTning Falastindagi inqiroz bo'yicha pozitsiyasi xalqaro tashkilotlarga o‘rnak bo'ladi

 

Turkiy davlatlar tashkilotining Falastindagi inqiroz yuzasidan tutadigan pozitsiyasi boshqa xalqaro tashkilotlarga o‘rnak bo‘ladi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

Uning alohida urg‘ulashicha, Falastinda butun dunyo ahli ko‘z o‘ngida misli ko‘rilmagan insoniyat fojiasi yuz bermoqda.   

“Shifoxonalar,  maktablar, masjidlar,  cherkovlar va qochqinlar lagerlari bombardimon qilinmoqda. Begunoh bolalar vahshiylarcha o‘ldirilmoqda. 7 oktyabrdan buyon guvohi bo‘layotganimiz bu shafqatsizlikni tushuntirib beradigan yoki bahona qiladigan tushuncha yo‘q. Ochig‘ini aytganda,  G‘azoda roppa-rosa 28 kundan beri insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Turkiya o‘laroq biz bu inqiroz boshlangan ilk davrdan prinsipial va insonparvar pozitsiyani egalladik”, deydi u. 

Erdo‘g‘an, Anqara Isroil-Falastin masalasida tinch aholiga qarshi harakatlarni ma’qullamasligini har fursatda aytib kelgani va bundan keyin ham shu fikrda sobit qolishini bildirdi. 

“Bizning ustuvor vazifamiz tezda insonparvarlik sulhini o‘rnatishdir. Shuningdek, biz musulmon, nasroniy yoki yahudiy bo‘lishidan qat’i nazar, barchaning xavfsizligini kafolatlaydigan yangi mexanizmlar ustida ishlayapmiz”, deydi Turkiya rahbari.  

Shuningdek, u, xalqaro tinchlik konferensiyasi uchun zamin yaratish bo‘yicha harakatlarni davom ettirayotganini bildirdi. Hozirgacha Turkiyadan 10 ta samolyot to‘la gumanitar yordam G‘azo sektoriga yuborilgan.

“Sharoit imkon bersa, yangilarini jo‘natishda davom etamiz. Turk dunyosi sifatida birdamlik va hamjihatlikda harakat qilish, avvaliga qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish, keyin esa doimiy tinchlik yo‘lini osonlashtiradi. Turk Davlatlari Tashkiloti sifatida tutadigan pozitsiyamiz boshqa tashkilotlarga ham o‘rnak bo‘ladi”, deydi Turkiya rahbari. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Turkiyaning “TRT Haber” telekanali bir necha kun avval Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ostonada bo‘lib o‘tadigan TDT sammitida G‘azodagi inqirozni hal qilish istiqbollari bo‘yicha mamlakat pozitsiyasini bayon qilishini aytgan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #TDT , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar