Turkiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Berlinda muzokara o‘tkazdi

Hakan Fidan Berlinda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashib, Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik vaziyati va Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlarni muhokama qildi.

2059758
Turkiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Berlinda muzokara o‘tkazdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Berlinda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik vaziyati va Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Vazirimiz Hakan Fidan Berlinda Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi”, deyiladi bayonotda.

Kuleba, keyinchalik Hakan Fidan bilan Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik holati va Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga eksport qilish masalalarini muhokama qilganligini aytdi.

“Biz Yaqin Sharqdagi voqealarni ham muhokama qildik”, deb qo'shimcha qiladi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar