Erdo'g'an:"Turkiya turk dunyosining tinchligi va xavfsizligi uchun qadam tashlaydi"

Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 10-sammiti o’z ishini boshladi.

2059875
Erdo'g'an:"Turkiya turk dunyosining tinchligi va xavfsizligi uchun qadam tashlaydi"

 

Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 10-sammiti o’z ishini boshladi.

Sammitda so’zga chiqqan Erdo’g’an, “Bu yil 100 yilligini nishonlagan Turkiya Respublikasi sifatida butun turk dunyosining tinchligi, farovonligi va xavfsizligi uchun qadam tashlashda davom etamiz” dedi.

Erdo'g'an o’z nutqida Isroilning G'azoga sodir etayotgan vayronkor hujumlariga e’tibor qaratdi.

"Butun dunyo 7-oktyabrdan beri guvohi bo'lib turgan bu vahshiylikni hech qachon oqlab bo’lmaydi. G'azoda roppa-rosa 28 kundan beri insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Turkiya sifatida biz bu inqiroz boshlangan kundan boshlab prinsipial va insoniy pozitsiyamizni ko’rsatib kelyabmiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an o’z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

"Bizning ustuvor vazifamiz - insonparvarlik sulhini imkon qadar tezroq o'rnatish. Shuningdek, musulmon, nasroniy yoki yahudiy bo'lishidan qat'i nazar, barchaning xavfsizligini kafolatlaydigan yangi mexanizmlar ustida ishlamoqdamiz. Xalqaro tinchlik konferentsiyasini o’tkazishga zamin yaratish bo'yicha harakatlarimiz davom etmoqda".

Erdo'g'anning ta’kidlashicha, Turkiya shu kungacha G'azoga gumanitar yordam materiallari bilan to'la 10ta samolyot yubordi.

"U yerdagi sharoitga qarab, yana gumanitar yordamlarni jo‘natishda davom etamiz. Turk dunyosi sifatida birlik va hamjihatlikda harakat qilish, avvalo otashkesim, keyin esa doimiy tinchlik yo’lini osonlashtiradi",-dedi Prezident Erdo’g'an.

Ostonada “Turkiy davr” shiori ostida bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammitida yetakchilar dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi.


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #TDT , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar