Chelik Isroilning «Jibaliya» hujumini «rejalashtirilgan qatliom» deb baholadi

Kecha Isroil tomonidan G‘azodagi «Jibaliya» nomidagi qochiqnlar lageriga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 100 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

2058769
Chelik Isroilning «Jibaliya» hujumini «rejalashtirilgan qatliom» deb baholadi

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari va partiya matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, Isroilning G‘azodagi «Jibaliya» nomidagi qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumini «rejalashtirilgan qatliom» deb baholadi.

O‘mer Chelik ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, ichida tinch aholi bilan gunohsiz insonlar jon saqlagan «Jibaliya» qochqinlar lageriga qarshi Isroil tomonidan uyushtirilgan vahshiy hujum keskin qoralandi.

Eng asosiy insoniy qadriyatlar bilan xalqaro huquqni mensimagan bu shafqatsiz hujumning oldindan rejalashtirilgan qatliom ekanini qayd etgan Chelik so‘zlari davomida:

«Bu qatliomda, “Isroil armiyasiga hech qanday qizil chiziq e’lon qilmaymiz”, - degan davlatlarning ham hissasi bor. Isroilning o‘zini - o‘zi himoya qilish huquqi haqida gapirgan davlatlarning, g‘azolik ayollar bilan yosh bolalarning yashash huquqi haqida gapirmasligi, insoniyatni uyaltiruvchi holatdir. “Isroilga, otashkesimni tafsiya qilmaymiz”, - deyish orqali yana – da ko‘proq qurol yuborganlar, qatliom siyosati olib bormoqdadirlar». – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tamiz:

Kecha Isroil tomonidan G‘azodagi «Jibaliya» nomidagi qochiqnlar lageriga qarshi uyushtirilgan havo hujumida, 100 kishining halok bo‘lgani va ko‘pchilikning tan jarohati olgani qayd etilgandi.

 



Aloqador xabarlar