Erdo'g'an:"Isroil dunyo ko'z o'ngida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etmoqda"

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Anqarada o’tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidan keyin bergan bayonotida tilga oldi.

2058650
Erdo'g'an:"Isroil dunyo ko'z o'ngida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etmoqda"

 

Isroil ma’muriyati Yevropa va AQShning so’zsiz qo’llab-quvvatlashi bilan 25 kundan beri butun dunyo ko’z o’ngida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Anqarada o’tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidan keyin bergan bayonotida tilga oldi.

"7-oktabrdan beri g'azolik birodarlarimiz katta shafqatsizlikka duchor bo'lmoqda. Yevropa va Amerika tomonidan so'zsiz qo'llab-quvvatlangan Isroil ma'muriyati roppa-rosa 25 kundan beri butun dunyo ko'zi oldida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etmoqda",-deydi Erdo'g'an.

Saraton kasallari davolanadigan "Turkiya-Falastin do'stlik kasalxonasi" Isroil vahshiyligining qurboni ekanini tilga olgan Erdo'g'an: "Davlat ongini butunlay yo’qotib qo’ygan va terroristik tashkilot kabi harakat qilayotgan Isroilga imkon qadar tezroq chek qo’yish kerak”,-dedi. 

"Isroilning tinch aholiga to'g'ridan-to'g'ri hujumlari natijasida hozirgacha 8 ming 500 falastinlik halok bo'ldi. Ularning aksariyati bolalar va ayollar. G'azoda sodir etilayotgan urush jinoyatlari aybdorlarini qonun oldida javobgarlikka tortish ishlarimiz davom etmoqda",-deb qo'shimcha qiladi Turkiya prezidenti.

Erdo'g'an shuningdek, Turkiya to'qnashuv boshlangan kundan beri insonparvarlik yordam faoliyatlarini davom ettirayotganini aytdi.

"25 kundan beri davom etayotgan bu qirg'inni oldini olish bizning ustuvor vazifamizdir. Buning uchun o't ochishni to'xtatish, doimiy tinchlikka yo'l ochish kerak. Barcha tegishli tomonlar ishtirokida o’tkaziladigan “Falastin-Isroil xalqaro tinchlik konferensiyasi” buning uchun eng mos platforma bo’lishiga ishonamiz" dedi Erdo'g'an.

Erdo'g’an qolaversa, mintaqadagi faollar bilan hamkorlikda yangi xavfsizlik mexanizmini o’rnatishni zarur deb bilishini va bu qadam tashlansa, mas’uliyatni o’z zimmalariga olishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

"G’arb dunyosi, xususan Yevropa davlatlari G’azoda yana bir bor insoniyat sinovidan o’ta olmadi”,-deydi u.

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, Turkiyadan G'azoga yuborilgan gumanitar yordamlar miqdori 213 tonnaga yetdi. Ularning bir qismi G'azo xalqiga yetib bordi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar