TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

2058337
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududga hujum qilishga uringan PKK/YPG terror tashkilotining 2 nafar a’zosi ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, tinchlik va xavfsizlik muhitini buzishni istagan terroristlarning hujum tashabbuslariga qattiq javob berilgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududga hujum qilishga uringan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirilgani qayd etildi.

Boshqa tomondan Milliy Razvedka Tashkiloti, Iroq shimolidagi “Panja – kalit” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi hujum uyushtirishga tayyorlanayotgan PKK/KJK terror tashkilotining Metinadagi logistika ishlaridan mas’ul ekani iddio etilgan Jahit Aktayni amaliyot orqali ta’sirsiz holga keltirgani ifoda etildi.

Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, 28 viloyatda olib borilgan Qahramonlar amaliyoti doirasida, terror tashkilotining qish oylarida foydalanish maqsadida tayyorlagan 11 ta yirik g‘or va boshpanasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar