Iroq shimolida 6 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

2057877
Iroq shimolida  6 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Iroq shimolida “Panja – kalit” amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, “Kuch – qudratini aziz xalqimizdan olgan Turk Qurolli kuchlarimiz, Iroq shimolini terroristlardan qutqarishni uzluksiz davom ettirmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda shuningdek:

“Panja – kalit amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist havo amaliyoti orqali ta’sirsiz holga keltirildi. Mintaqa terroristlardan butunlay tozalangunga qadar amaliyotlar qarorlilik bilan davom etadi”. – deyildi.



Aloqador xabarlar