Turkiya bugun Respublika kunini nishonlamoqda

Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar bilan nishonlanadi.

2057248
Turkiya bugun Respublika kunini nishonlamoqda

Bugun 29 - oktabr Respublika kuni.

Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar bilan nishonlanadi.

29 - oktabr Respublika bayramining muhim ikki markazidan biri poytaxt Anqara, ikkinchisi esa Istanbul bo‘ladi.

Avvalom bor Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an davlat rasmiylari bilan Turkiya Respublikasining asoschisi, buyuk yo‘lboshchi Mustafa Kemal Ataturk qabri joylashgan Anitqabrni ziyorat qiladi.

Ortidan Respublika e’lon qilingan birinchi parlamentda tantanali marosim uyushtiriladi. Bu yerda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush nutq so‘zlaydi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi oldidan Ulus tomon “Respublikamizning 100 - yilligi” paradi o‘tadi. SOLOTURK Anitqabr ustida parvoz qiladi.

Turkiya vaqti bilan soat 17:00 da Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida Dengiz kuchlari tarixidagi eng katta parad o‘tkaziladi. Unda, 100 ta kema ishtirok etadi.

Kemalarga, Turk Yulduzlari bilan SOLOTURK kabi 20 ta harbiy samolyot ham hamrohlik qiladi.

Paradda ishtirok etuvchi Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya vaqti bilan soat 19:23 da xalqqa murojaat qiladi.

15 - iyul shahidlar ko‘prigida 2023 ta dron orqali namoyish uyushtiriladi. Bosfor boʻgʻozi yoritilib, salyutlarga sahna boʻladi.

Bayram SOLOTURK va Turk Yulduzlarining parvozlari, ko‘plab tadbirlar va kontsertlar hamrohligida eng yuqori darajada nishonlanadi.

 



Aloqador xabarlar