Prezident Erdoʻgʻan xalqni Respublika kuni bilan tabrikladi

Bugun, Turkiya Respublikasi tashkil topganiga roppa - rosa 100 yil to‘ldi.

2057296
Prezident Erdoʻgʻan xalqni Respublika kuni bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Respublikaning 100 - yilligi munosabati bilan tabrik soʻzi yoʻlladi.

Erdoʻgʻan, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida:

“Respublikamizning 100 - yilligiga erishishdan faxrlanyapmiz. Yurtimizda va dunyoning toʻrt burchagida yashagan yurtdoshlarimizni, 29 – oktabr Respublika kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiya Respublikasi Prezidentlik apparatining ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ham 29 - oktabr Respublika bayrami munosabati bilan tabrik soʻzi aytildi.

Unda:

“Mustaqillik kurashida gʻalaba qozonib, bu tuproqlarni bizga vatan qilish yoʻlida fidokorona mehnat qilgan barcha qahramonlarimiz, ayniqsa, Respublikamizning asoschisi Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturkni hurmat bilan yodga olamiz. Roppa – rosa 100 yil muqaddam ogʻir badallar toʻlab asos solingan Turkiya Respublikasini birdamlik, hamjihatlik va birodarlik tuygʻulari bilan zamonaviy sivilizatsiyaning choʻqqisiga olib chiqish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilishni davom etamiz. Yurtimizda va xorijda yashayotgan barcha fuqarolarimizni, 29 – oktabr Respublika kuni bilan tabriklaymiz. Respublikamizning 100 – yilligi qutlugʻ boʻlsin!” – deyildi.



Aloqador xabarlar