Ali Yerlikaya Gretsiya immigratsiya vaziri Dimitris Kairidis bilan uchrashdi

Turkiya va Gretsiya mulozimlari muhojirlar kontrabandasiga qarshi kurashda yaqindan ishlash va hamkorlik qilishga kelishib oldi. Shuningdek, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish va oshirishga qaror qildilar.

2055139
Ali Yerlikaya Gretsiya immigratsiya vaziri Dimitris Kairidis bilan uchrashdi

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya Gretsiya Immigratsiya va boshpana vaziri Dimitris Kairidis bilan uchrashdi.

Vazir Yerlikaya ijtimoiy tarmoq orqali uchrashuv tafsilotlari haqida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Gretsiya Immigratsiya va boshpana vaziri Dimitris Kairidis bilan uchrashuv kecha poytaxt Anqarada bo'lib o'tgan.

Uchrashuvdan so'ng, Turkiya va Gretsiya ichki ishlar vazirliklari o'rtasida kelishilgan masalalar bo'yicha turk va ingliz tillarida qo'shma bayonot imzolangan.

"Turkiya va Gretsiya mulozimlari muhojirlar kontrabandasiga qarshi kurashda yaqindan ishlash va hamkorlik qilishga kelishib oldi. Shuningdek, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish va oshirishga qaror qildilar", deyiladi Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Ali Yerlikaya

Aloqador xabarlar