Turkiya G‘azoga tibbiy yordam yuboradi

Turkiya G‘azoga dori - darmon, tibbiy buyumlar va 20 nafar shifokor yuborishni rejalashtirmoqda.

2054144
Turkiya G‘azoga tibbiy yordam yuboradi

Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, prezidentlik apparatiga oid samolyotning G‘azoga yordam berish uchun dori - darmon, tibbiy buyumlar va 20 nafar shifokor bilan Misrga yo‘l olihini ma’lum qildi.

Ko‘ja mavzu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Misr Sog‘liqni saqlash vaziri Xalid Abdal Gaffor bilan uchrashib, 20 kishilik ekspert guruhining, Misr hukumati bilan G‘azo xalqi uchun zarur bo‘lgan dori - darmonlar, tibbiy buyumlar va asboblarni aniqlashini qayd etib, mavzu haqida:

“Gruhimiz Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan rejalar doirasida al - Arish aeroporti bilan Rafah chegara darvozasida tashkil etiluvchi dala kasalxonalarimizning texnik - iqtisodiy faoliyatlarini ham amalga oshiradi. Bular bilan birga Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan ehtiyojlar ro‘yxatidagi dori – darmon, tibbiy buyumlar va jihozlarning 3 ta yuk tashuvchi samolyot orqali al – Arish aeroportiga yuborilishi rejalashtirildi. Shuningdek, koordinatsiya tamomlangach, mintaqaga bir kema orqali dala kasalxonasi bilan tez yordam mashinasi yuborilishi ham rejalashtirilmoqda”. – dedi.

Ko‘janing ta’kidlashicha texnik - iqtisodiy faoliyatlarni amalga oshiruvchi guruhning, yuqorida nomi tilga olingan dori – darmon va tibbiy ashyolarning G‘azodagi jabrdiydalarga yetkazib berilishi ham rejalar ro‘yhatidan o‘rin olgan.

 



Aloqador xabarlar