Turkiya G'azo hududida ko'chma shifoxonalar tashkil etishga tayyor

Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ma'lum qilishicha, Turkiyadan bir guruh mutaxassis G'azoga sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish uchun jo'nab ketdi.

2052457
Turkiya G'azo hududida ko'chma shifoxonalar tashkil etishga tayyor

 

Turkiya mintaqaga kasalxona kemalarini jo'natishga va G'azoda yoki Refah chegara darvozasiga yaqin nuqtalarda ko'chma shifoxonalar tashkil etishga tayyor.

Bu haqda Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyadan bir guruh mutaxassis G'azoga sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish uchun jo'nab ketdi va bu doirada xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotlari bilan muzokaralar davom etmoqda.

Fahrettin Koja G'azodagi "Al-Ahli Baptist" kasalxonasiga qilingan g'ayriinsoniy hujum ortidan ko'plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari bilan telefon orqali muloqot qildi.

"Turkiya sifatida biz mintaqaga shifoxona kemalarini yuborishga yoki Refah chegara darvozasiga yaqin nuqtalarda ko'chma shifoxona tashkil etishga va ular orqali falastinlik birodarlarimizga sog'liqni saqlash xizmatlarini taqdim etishga tayyormiz",-dedi u suhbat chog'ida.

U shuningdek, inson salomatligiga xizmat qiladigan muassasalarga har qanday sharoitda va har qanday sabab bilan hujum qilinishini qabul qilib bo'lmasligini ta'kidladi.

Vazirning ta'kidlashicha, JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori Hans Kluge bilan suhbatda mintaqani sog'liqni saqlash xizmatlarida qo'llab-quvvatlash shoshilinch va zarur ekanligini ta'kidladi.

"JSST qaror qilsa, biz ular bilan birga harakat qilishga tayyormiz. Muloqotlarimda men Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti zimmasida tarixiy mas'uliyat borligini ta'kidladim",-deydi Turkiya sog'liqni saqlash vaziri.

Vazir qolaversa, har qanday diplomatik qiyinchiliklarga qaramay, Turkiya har doim bolalar, qariyalar va begunoh odamlarning yonida bo'lishda davom etishini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar