Turkiyaning besh yillik yo'l xaritasi Parlamentga taqdim etildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, nodavlat tashkilotlar, professional tashkilotlar va ish dunyosi hissalari bilan,  Sog'lom fikr bilan tayyorlagan 12-Taraqqiyot rejasini bugun parlament ixtiyoriga taqdim etishlarini bildirdi.

2052088
Turkiyaning besh yillik yo'l xaritasi Parlamentga taqdim etildi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, nodavlat tashkilotlar, professional tashkilotlar va ish dunyosi hissalari bilan,  Sog'lom fikr bilan tayyorlagan 12-Taraqqiyot rejasini bugun parlament ixtiyoriga taqdim etishlarini bildirdi.

Prezident Erdo’g'an, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, 2053-yilni ko'zlagan holda ishlayotganliklarini aytdi.Turkiyaning kelgusi 5 yillik yo'l xaritasini belgilagan 12-Taraqqiyot rejasini yakunlaganliklarini qayd etdi.

Erdo'g'an, sog'lom fikr va nodavlat tashkilotlar, professional tashkilotlar va ish dunyosining hissalari bilan tayyorlagan 12-Taraqqiyot rejasini bugun parlament ixtiyoriga taqdim etishlarini aytdi.

5 yillik rivojlanish rejasining 5 asosiy o'qdan iboratligini ta'kidlagan Erdo'g'an ularni quyidagicha sanab o'tdi:“Malakali inson, mustahkam oila, sog‘lom jamiyat. Barqaror o‘sish, kuchli iqtisodiyot. Yashil va raqamli transformatsiya bilan raqobatbardosh ishlab chiqarish.

  Tabiiy ofatlarga chidamli yashash joylari, barqaror muhit. "Adolatga asoslangan demokratik yaxshi boshqaruv".12-Taraqqiyot rejasi davrida o'rtacha 5 foizlik barqaror va muvozanatli o'sishni maqsad qilganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an:

Uning ta'kidlashicha, ular davr oxirida ishsizlikni 7,5 foizga kamaytirishni kutmoqdalar.

2028 yil oxirigacha inflyatsiyani doimiy ravishda bir xonali va 4,7 foizga tushirishni maqsad qilganliklarini ta’kidlagan Erdog’an:   Davlat va millatni Turk Asriga olib boradigan yo’lda boshlovchi 12-Taraqqiyot rejasining foydali bo’lishini tiladi.

 



Aloqador xabarlar