Erdo'g'an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida, ayniqsa Isroil va Falastin o'rtasidagi ziddiyatlar muhokama qilindi.

2051726
Erdo'g'an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida, ayniqsa Isroil va Falastin o'rtasidagi ziddiyatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ko'plab xavotirli o'zgarishlar, mintaqadagi inson huquqlari buzilish holatini oldini olish kabi mavzular haqida fikr almashildi.

Erdo'g’an Turkiya mintaqaviy va global miqyosda o’ta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan ushbu ziddiyatli jarayonni to'xtatish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirayotganini bildirdi.

Mintaqadagi davlatlar tinchlikni saqlash bilan birga to'qnashuvlar va inson huquqlari buzilishini to'xtatish uchun harakat qilishlari kerakligini ta'kidlagan Erdo'g'an, nizolarni kamaytirish uchun imkon qadar tezroq qadam tashlash zarurligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar