Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

7 oktyabr kuni Falastin qarshilik harakati Xamas tomonidan Isroilga qarshi uyushtirilgan hujumlar va undan keyin Isroilning G'azo sektorini nishonga olgan bombardimonlari oqibatida minglab insonlar hayotdan ko'z yumdi.

2051241
Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda G'azo va Isroildagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

7 oktyabr kuni Falastin qarshilik harakati Xamas tomonidan Isroilga qarshi uyushtirilgan hujumlar va undan keyin Isroilning G'azo sektorini nishonga olgan bombardimonlari oqibatida minglab insonlar hayotdan ko'z yumdi.  Fidan bu jarayonda Blinken bilan uch marta uchrashgan.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan bayonotda, uchrashuv talabi AQShdan kelgani ta'kidlandi.

"Uchrashuvda Falastin va Isroil kontekstidagi so'nggi o'zgarishlar va G'azodagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi. Vazirlar NATOning kengayishini ham muhokama qildilar". Deya bildirildi.

Hakan Fidan, Malayziya Tashqi ishlar vaziri Zambry Abdul Kadir va Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Vazir Fidan, Malayziyalik kasbdoshi Zambri bilan telefon orqali suhbatida Isroil va Falastindagi oxirgi o'zgarishlar va Isroilning G'azoga hujumlari haqida gapirdi.

Fidan-Rasmussen uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama



Aloqador xabarlar