Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Misrga safar qiladi

Tashrif munosabati bilan o'tkaziladigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Misr munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

2050230
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Misrga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukrining taklifiga binoan bugun Misrga tashrif buyuradi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning Misrga rasmiy tashrifi 13-14 oktyabr kunlarini o'z ichiga oladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, tashrif munosabati bilan o'tkaziladigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Misr munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, dolzarb mintaqaviy o'zgarishlar va xalqaro masalalar haqida fikr almashiladi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Misr , #Turkiya

Aloqador xabarlar