Turkiya Isroil hukumatini provokatsion harakatlardan voz kechishga chaqirdi

Turkiya Quddusdagi muqaddas joylar, ayniqsa Haram ash-Sharifning muqaddasligi va tarixiy maqomiga zid bo'lgan hujumlarning mutlaqo qabul qilinishi mumkin emasligini bildirdi.

2045327

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Masjid al-Aqsoga uyushtirilgan reydlar bilan bog'liq yozma bayonot berdi.

"So'nggi paytlarda Masjid al-Aqsoning muqaddasligini buzishga qarshi kuchayib borayotgan harakatlardan chuqur xavotirdamiz. Quddusdagi muqaddas joylar, xususan Haram ash-Sharifning muqaddasligi va tarixiy holatini buzadigan hujumlar hech qanday tarzda qabul qilinishi mumkin emas",-deyiladi bayonotda.

Bayonotda shuningdek, “Isroil hukumatiga taranglikni kuchaytiradigan har qanday provokatsion harakatlardan takror tiyilishga chaqiramiz. Bu yoʻnalishda kerakli qadamlarning jiddiy va tezkor tashlanishidan umidvormiz",-degan ifodalarga o'rin berildi.

Tanlangan kalimalar: #Masjid al-Aqso , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar