Erdo’g’an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Unda Suriyadagi vaziyat, Ukrainada davom etayotgan urush bilan bog'liq so'nggi o'zgarishlar, ayniqsa Qoradengiz don tashabbusining qayta tiklanishi, Kosovodagi voqealar va Bolqondagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.

2043941
Erdo’g’an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi

 

Kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda ichki va tashqi xavfsizlik masalalari jumladan, Suriyadagi vaziyat, Ukrainada davom etayotgan urush bilan bog'liq so'nggi o'zgarishlar, tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar, ayniqsa Qoradengiz don tashabbusining qayta tiklanishi, Kosovo voqealari va Bolqondagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi. So’ngra yig’ilish yakunlari bo’yicha dekloratsiya e’lon qilindi.

Unda Suriya xalqining begunoh odamlarni o‘ldirgan, bolalarni zo‘rlik bilan o‘z safiga qo‘shib, mamlakatning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirgan PKK/KCK-PYD/YPG terror tashkilotiga qarshi kurashga diqqat qaratildi.

Ushbu terror tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etayotgan davlatlarga xalqaro huquq va inson huquqlaridan kelib chiqadigan majburiyatlari hamda ittifoqchi sifatidagi masʼuliyatlari eslatildi.

Turkiya qariyb yarim asrdan beri muhim muammolarga duch kelgan do'st va qardosh Iroq xalqiga maksimal darajada yordam berishda davom etishiga diqqat qaratilib, Kerkukda tinchlikni saqlash va mamlakatdagi terror tashkilotlarini butunlay yo'q qilish muhim maqsadlardan biri ekanligi ta'kidlandi.

Deklaratsiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tinchlik Kuchlarining Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (SHKTC) suverenitetiga va Kipr turklarining eng asosiy insonparvarlik ehtiyojlariga nisbatan qo'sh standartli munosabati va faoliyati, bu boradagi majburiyatlarga to'g'ri kelmasligi ta'kidlandi.

Turkiya xalqaro huquq va shartnomalardan kelib chiqib, Kipr turklarining xavfsizligi va tinchligining kafolati bo'lishda davom etishi qayd etildi.

Barcha tomonlar, ayniqsa Armaniston, Janubiy Kavkazda doimiy tinchlikka yo'l faqat Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenitetini so'zsiz o'rnatish va mintaqamizdagi barcha mamlakatlar farovonligiga hissa qo'shadigan shartnoma majburiyatlarini bajarish orqali ochilishi mumkinligi eslatildi. Turkiyaning mintaqada doimiy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash tarafdori ekanligi ta'kidlandi.

Yig’ilishda, shuningdek, Turkiyaning 10-sentyabr kuni yuz bergan sel falokati tufayli qiyin kunlarni boshidan kechirgan do’st va qardosh Liviya xalqiga yordam va ko’mak berishda davom etishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar