Sedat O‘nal:"Turkiya oʻzini himoya qilish huquqidan foydalanadi"

O’nal, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida liderlarning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka ta’sir ko’rsatgan muammolarni muhokama qilganiga, ammo 12 yillik Suriya inqiroziga kerakli ustuvorlik berilmaganiga diqqat qaratdi.

2043357
Sedat O‘nal:"Turkiya oʻzini himoya qilish huquqidan foydalanadi"

 

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) doimiy vakili Sedat O‘nal, elchi,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq, Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlari tomonidan Turkiyaning milliy xavfsizligiga bevosita va muqarrar tahdidlarga qarshi, o'zini himoya qilish huquqidan foydalanishda davom etishini aytdi.

O'nal, BMT Xavfsizlik Kengashida o'tkazilgan Suriya sessiyasida so'zladi.

O’nal, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida liderlarning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka ta’sir ko’rsatgan muammolarni muhokama qilganiga, ammo 12 yillik Suriya inqiroziga kerakli ustuvorlik berilmaganiga diqqat qaratdi.

Suriyada “faol mojaro” hamon davom etayotganiga va jamiyat chuqur iqtisodiy mahrumlik va gumanitar inqirozga yuz tutayotganiga ishora qilib, fevral oyida sodir bo'lgan zilzilalar vaziyatni yanada og'irlashtirganini tushuntirdi.

O'nal, to'qnashuv boshlanganidan beri yuz minglab insonlar hayotdan ko'z yumganini, millionlab odamlar esa uylarini tark etishga majbur bo'lganini bildirdi.  “Bir xil darajada tashvishga soladigan yana bir masala, mamlakatning hududiy yaxlitligi terror tashkilotlari, birinchi navbatda PKK/YPG tomonidan tahdid ostida.” dedi.

  O'nal, Suriya inqiroziga keng qamrovli yechim yo'lida bir vaqtning o'zida olinishi kerak bo'lgan qadamlar borligini bildirdi.

  Bular: “BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy jarayonni jonlantirish, Suriyaning hududiy yaxlitligi va birligini saqlab qolish maqsadida terrorchi tashkilotlarning yovuz va separatistik kun tartibini buzish,

  “Suriyalik qochqinlarning xavfsiz, ixtiyoriy va munosib qaytishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish”.

O'nal, Suriyada terror tashkilotlarining mavjudligi ham o'lka, ham qo'shnilari, ayniqsa Turkiya va mintaqa uchun katta xavf tug'dirayotganini bildirdi.

  “Biz barcha tomonlarni Suriyaning kelajagida o’rni bo’lmagan bu bo’lginchi tuzilmalar bilan yaxlit va uzoq muddatli yondashuv bilan aloqalarni uzishga chaqiramiz”. u aytdi.

Elchi O'nal,

“Turkiya Suriyada faoliyat yuritayotgan terror tashkilotlari tomonidan oʻz milliy xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita tahdidlarga qarshi zarur choralarni koʻrish huquqiga ega.

  “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq Turkiya oʻzini himoya qilish huquqidan foydalanishda davom etadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Terror , #Suriya , #Turkiya , #Sedat O’nal , #BMT

Aloqador xabarlar