O‘nal davlatlarni PKK/YPG bilan aloqalarini uzishga chaqirdi

Sedat O‘nal, BMT Xavfsizlik kengashida Suriya mavzusida uyushtirilgan majlisda nutq so‘zladi

2043693
O‘nal davlatlarni PKK/YPG bilan aloqalarini uzishga chaqirdi

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Sedat O‘nal, BMT Xavfsizlik kengashida Suriya mavzusida uyushtirilgan majlisda nutq so‘zladi.

O‘nal mazkur nutqida Suriyada avj olgan PKK terrorizmiga e’tibor qaratib, PKK/YPG terror tashkilotining Suriyada hech qachon bu darajada tashvishga solmaganini qayd etdi.

12 yil davom etgan Suriya inqiroziga zarur chora ko‘rilmaganini ham ifoda etgan Sedat O‘nal, PKK/YPG terrori Suriyaning hududiy yaxlitligiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ifoda etdi.

O‘nal, davlatlarni PKK/YPG bilan aloqalarini uzishga chaqirdi.



Aloqador xabarlar