Turkiya Qorabogʻdagi anti - terror operatsiyasini baholadi

Ozarbayjon kecha Qorabogʻda anit- terror operatsiyasi boshlatganini e’lon qildi.

2039705
Turkiya Qorabogʻdagi anti - terror operatsiyasini baholadi

Turkiya Qorabogʻdagi anti - terror operatsiyasini, “Ozarbayjonning oʻz mustaqil hududidagi zarur chora”, - deb baholadi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi noqonuniy arman qurolli unsurlari uzoq vaqtdan beri Ozarbayjon armiyasi va xavfsizlik xodimlariga qarshi, qurolli hujum va provokatsiyalarni davom ettirayotgani; bunga javoban, Ozarbayjon armiyasi anti - terror operatsiyasini boshlatgani yodga solindi.

Ikkinchi Qorabogʻ urushi (2020 - yil) tugaganidan buyon Ozarbayjon tomonidan maydondagi vaziyat yuzasidan doimiy ravishda tilga olib kelingan qonuniy va asosli xavotirlari hal etilmagani ifoda etilgan bayonotda;

“Ozarbayjon o‘z mustaqil hududida zarur choralarni ko‘rishga majbur boʻldi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.

Bayonotda shuningdek, “Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida olib borilgan muzokara jarayonining natijaga qaratilgan tarzda davom etishining taʼminlanishi, barqarorlikni oʻrnatishning yagona yoʻli ekaniga ishonchimiz komil”. – deyildi.



Aloqador xabarlar