Prezident Erdo‘g‘an AQShda
Prezident Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQShga ketdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) tashrif uyushtirdi.
Prezident Erdo‘g‘anni olib ketgan samolyot, Turkiya vaqti bilan soat 00:25 da Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportiga borib qo‘ndi.
Prezident Erdo‘g‘anni aeroportda Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Sedat O‘nal, Vashington elchisi Hasan Murat Merjan va Nyu-York Bosh konsuli Reyhan O‘zg‘ur kutib oldi.
Prezident va hamrohligidagi delegatsiya kutib olish marosimidan so‘ng aeroportdan Turk uyi tomon yo‘l oldi.
Turk uyi oldida to‘plangan katta guruh, Prezident Erdo‘g‘anni ko‘rish uchun bir necha soat oldindan yig‘ildilar.
Turk uyi oldida katta qiziqish va muhabbat bilan kutib olingan Erdo‘g‘an, shaxsini kutganlar bilan salomlashib, birgalikda suratga tushdi va bir muddat suhbatlashdilar.
Prezident, AQShga bo‘lgan tashrifi doirasida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etadi va ayrim muloqotlar o‘tkazadi.
Aloqador xabarlar

Turk askarlari Kipr janubida mashg‘ulot parvozini amalga oshirdi
Turk askarlari kecha ipr janubida mashg‘ulot parvozini amalga oshirdi