Prezident Erdo‘g‘an Narendra Modini qabul qildi

Prezident Erdo‘g‘an, Hindistonga bo‘lgan tashrifini yakunlash oldidan Narendra Modini qabul qildi.

2035348
Prezident Erdo‘g‘an Narendra Modini qabul qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Hindiston poytaxt Dehlida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Bin Salmon va Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi bilan uchrashdi. Shuningdek, Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Sharl Mishelni qabul qildi.

Erdo‘g‘anning Salmon bilan bo‘lgan uchrashuvida, Turkiya - Saudiya Arabistoni o‘zaro munosabatlari bilan bir qatorda mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi. Sisi bilan bo‘lgan uchrashuvida esa Turkiya - Misr o‘zaro munosabatlari, savdo hajmini oshirish, energiya sohasida yangi hamkorlik, mintaqaviy va global mavzular qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an, Sisi bilan bo‘lgan uchrashuvida shuningdek, o‘zaro elchilarning tayin qilinishi bilan aloqalar yangi davrga kirganiga e’tibor qaratib, ikki tomonlama munosabatlarning eng qisqa vaqt ichida munosib darajaga chiqishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Misr ma’muriyatining turk sarmoyadorlari va shirkatlarini qo‘llab - quvvatlashi muhim ekanini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an LNG, atom energiyasi, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni jonlantirishga ham ahamiyat berganliklarini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an, ikki kun davom etgan sammitdagi uchrashuvlarini Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini qabul qilish bilan yakunladi.

Unda Turkiya va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar har tomonlama muhokama qilinar ekan, iqtisodiy aloqalar va o‘zaro savdo hajmini oshiruvchi loyihalar hamda ikki davlatni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar baholandi.

 



Aloqador xabarlar