Erdo'g'an:"Turkiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinadi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida o'tkazilgan yig'ilishda Turkiya iqtisodiyotiga oid maqsad va siyosatlarni o’z ichiga olgan "O’rta muddatli dastur"ni e’lon qildi.

2033942

“Yevropa Ittifoqi bilan savdomizni yuqori pog'onaga olib chiqish uchun Bojxona ittifoqini yangilash borasidagi sa’y-harakatlarimizni kuchaytiramiz. Byurokratik va huquqiy bashoratlilikni kuchaytirish orqali mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni maqsad qilganmiz. Biz 2023 yilning birinchi yarmida 3,9 foizlik o‘sish sur’atiga erishdik va o‘sish ko‘rsatkichlarimizni uzluksiz 12 chorakgacha oshirdik. Yillik miqyosda 13 yildan beri doimiy ravishda o'sib bormoqdamiz. Choraklik o'sish ko'rsatkichi bilan Turkiya OECD mamlakatlari orasida ijobiy farqlanadi. Yana bu davrda biz birinchi marta 1 trillion dollardan ortiq yillik iqtisodiy hajmga erisha oldik”,- dedi prezident Erdo'g'an.

Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar