Erdo‘g‘an Putin bilan bo‘lgan uchrashuvning ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasda bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

2033603
Erdo‘g‘an Putin bilan bo‘lgan uchrashuvning ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Sochida bo‘lgan uchrashuvini nazarda tutgan holda, “Buning ahamiyati butun dunyo tomonidan yuqori baholanganiga ishonchim komil”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasda bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

Turkiyaga asarlar va xizmatlar olib kelishni davom etgan bir oyning ortda qolganini ifoda etgan Erdo‘g‘an, tunov kuni Sochida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan keng qamrovli va samarali uchrashuv o‘tkazganliklariga e’tibor qaratib:

“Rossiya - Ukraina urushi davom etayotgan, koʻplab gumanitar masalalar, xususan, don yoʻlagi muhokama qilinayotgan bir paytda bu uchrashuvning ahamiyati butun dunyo tomonidan yuqori baholanganiga ishonchim komil”. – dedi.

Iroq va Suriyadagi vaziyatni baholagan Erdo‘g‘an:

“Ham mintaqadagi ham da mintaqadan tashqaridagi aktyorlar avvalom bor quyidagi tarixiy haqiqatlarni qabul qilishlari kerak. Iroq va Suriyani ham o‘z ichiga olgan hududning 1000 va 1500 yillik demografik voqelikni hisobga olmagan har qanday munosabat, mintaqada muvaffaqiyatga erisha olmaydı”. – deya gapirdi.

Erdo‘g‘anning qayd etishicha Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlarini Suriyada terror tashkiloti bilan hamkorlik qilmaslik, aks holda ham o‘zlari ham da mintaqaning ziyon ko‘rishi borasida ko‘p marta ogohlantirgan. Oxirgi kunlarda yuz bergan voqealar, bu ogohlantirishlarning sababini ochiq – oydin ko‘rsatgan.



Aloqador xabarlar