Hakan Fidan Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Yerapetritis bilan uchrashdi

"Biz qo‘shnimiz Gretsiya bilan hech qanday shartlarsiz muloqotni davom ettirishga va munosabatlarimizni barcha sohalarda umumiy manfaatlar asosida rivojlantirishga tayyormiz",-dedi Hakan Fidan.

2033410
Hakan Fidan Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Yerapetritis bilan uchrashdi

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, “Biz qo‘shnimiz Gretsiya bilan hech qanday shartlarsiz muloqotni davom ettirishga va munosabatlarimizni barcha sohalarda umumiy manfaatlar asosida rivojlantirishga tayyormiz. Biz muammolarimizni xalqaro huquq asosida, o‘zaro huquq va manfaatlarni hurmat qilgan holda hal qila olamiz”, dedi.

Fidan, poytaxt Anqarada vazirlikdagi uchrashuvdan keyin Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida so'zladi.

Fidan, yunon hamkasbi bilan Egey va Sharqiy O'rtayer dengizi doirasidagi muammolarni har tomonlama baholaganliklarini bildirdi.

"Egey dengizida fikr farqlarimiz bor. Bularni o'tmishda maslahat yig'ilishlarida muhokama qilgan edik. Kelgusi davrda jarayonning qayta boshlanishiga e'tibor qaratdik.

Biz muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlar kiritishga kelishib oldik”, dedi u.Fidan, noqonuniy immigratsiya masalasi raqobat emas, hamkorlik sohasi bo'lishi kerakligini va Egeyda ko'proq qurbonlar bo'lishini istamasliklarini ta'kidladi.

Fidan, Gretsiyada yashayotgan urug’doshlarimizning  muammolarini ham muhim kun tartibida ko'rganliklarini bildirdi va:

“Mamlakatimizda ozchiliklar muammolari boʻyicha ham koʻplab ijobiy amaliyotlarni amalga oshirdik.

Biz  urug’doshlarimizdan ham shunday konstruktiv yondashuvni kutamiz. Biz Gretsiyadagi  madaniy merosimizni muhofaza qilishga katta ahamiyat beramiz.

Biz Usmonli asarlarining qayta tiklanishiga yordam berishga tayyormiz. Bu borada hamkorlik qilishimiz mumkinligini ta’kidladik. Bugun mintaqaviy masalalarni ham muhokama qildik.

Ukraina, Liviya va Suriyadagi voqealarni baholadik.

Biz Yevropa Ittifoqidan umidlarimizni takrorladik.

Biz qo‘shnimiz Gretsiya bilan hech qanday shartlarsiz muloqotni davom ettirishga va munosabatlarimizni barcha sohalarda umumiy manfaatlar asosida rivojlantirishga tayyormiz.

Biz muammolarimizni xalqaro huquq asosida, o‘zaro huquq va manfaatlarni hurmat qilgan holda hal qila olamiz”.

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Ierapetritis shunday dedi:

"Ishonch choralari bo'yicha muzokaralar yaqin kelajakda boshlanadi". dedi.

Yerapetrit,

"Biz (Turkiya va Gretsiya o'rtasida) ijobiy kun tartibini davom ettirishga kelishib oldik". deya ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar