Hakan Fidan Qora dengiz don tashabbusi masalasiga to‘xtaldi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan amaliy tashrif bilan Rossiyada.

2031642
Hakan Fidan Qora dengiz don tashabbusi masalasiga to‘xtaldi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Rossiya poytaxti Moskvada Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Uchrashuv ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Hakan Fidan, Qora dengiz don tashabbusi masalasiga to‘xtalib:

“Yurtimiz qo‘shgan hissasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi takliflar paketini tayyorladi. Oʻylaymizki, bu tashabbusni jonlantirish uchun munosib asos boʻladi.

Qora dengiz don tashabbusi ustidan olib borgan faoliyatimiz davom etadi. Bu kelishuv, ham dunyo oziq-ovqat xavfsizligi, ham Qora dengizning barqarorligi va tinchligi uchun alohida o‘ringa ega”. – dedi.

Fidan shuningdek, ushbu tashrifi doirasida bugun Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashishini bildirdi.

Lavrov esa, G‘arb, Rossiya donini eksport qilish borasida bergan va’dasini bajarmaganini ta’kidlab:

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan kelishuvdagi shartlarimiz bajarilsa, don kelishuvga qaytamiz”. – deya gapirdi.

Sergey Lavrov,

“G‘arb davlatlarining shubhali urinishlariga qaramay, Turkiyaning tashqi siyosatini qadrlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar